75 onlayn
UZ RU EN

"Yangi O'zbekiston mustaqil taraqqiyot sari"

24.08.2026 15:10 54 marta ko'rildi

Mustaqillik_35_yoshda

📌Mustaqillik — bu xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy qadriyatlari, ona tili, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashi uchun yaratilgan buyuk imkoniyatdir. O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz hayotining barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

⚡️Mustaqillik bizga Vatanimiz kelajagini bunyod etish, yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va vatanparvar etib tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar berdi. Zero, yurt kelajagi — bilimli va fidoyi yoshlar qo‘lidadir.

📌Joriy yilning 21-avgust kuni Jalaquduq tuman axborot -kutubxona markazi mutaxassislari Jalaquduq tumanidagi 34241-sonli harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekiston mustaqil taraqqiyot sari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir qatnashchilari siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonida ishtirok etdilar.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?